AdShare

Xavfsizlik

Xavfsiz to'lov va tekshirilgan kanallar

Ikkala tomon uchun himoya: pul escrow'da saqlanadi, kanallar moderatsiyadan o'tadi, natija esa havola orqali o'lchanadi.

Escrow nima

Reklama byudjeti buyurtma paytida hamyondan band qilinadi va 72 soat platformada ushlab turiladi. Kreator rad etsa yoki reklama joylanmasa, pul sizga qaytadi. Natija bo'yicha hisob-kitob escrow'dan amalga oshadi.

Kanallar qanday tekshiriladi

  • Telegram kanalda AdShare boti admin bo'lishi shart
  • Kanal egasi tasdiqlanadi
  • Qo'lda moderatsiya: moderator ko'rib chiqadi, kerak bo'lsa qo'shimcha ma'lumot so'raydi

Natija halol hisoblanadi

  • Har buyurtmaga alohida kuzatuv havolasi
  • Botlar filtrlanadi
  • Takroriy kirishlar noyob tashrif sifatida sanalmaydi

Akkaunt xavfsizligi

Kirish faqat Telegram orqali, parol saqlanmaydi. Rolni (reklama beruvchi yoki kreator) bir marta tanlaysiz, uni faqat administrator o'zgartiradi.

Ko'p so'raladigan savollar

Kreator reklamani joylamasa nima bo'ladi?

Byudjet sizga qaytariladi. Buyurtma bekor qilinsa, kanaldagi post ham o'chiriladi.

Xavfsiz boshlang

Telegram orqali kiring va buyurtma bering.

Boshlash