Reklama beruvchilar uchun
Reklamani to'rt qadamda yarating
G'oyadan nashrgacha hammasi bitta kabinetda: platforma, matn, kreatorlar, to'lov va natija hisobi.
Reklama yaratish bosqichlari
- 01
Platforma
Reklama nomini yozing, Telegram yoki Instagram va formatni tanlang.
- 02
Material
Matnni o'zingiz yozing yoki g'oyani kiriting: AI formatga mos matn yoki ssenariy tayyorlaydi. Rasm yoki video ixtiyoriy (Reels uchun majburiy).
- 03
Kreatorlar
Bir yoki bir nechta mos kanalni tanlang. Umumiy maksimal byudjet darhol ko'rinadi.
- 04
Tasdiqlash
Nashr sanasi va vaqtini belgilang, byudjet hamyondan band qilinadi.
Nimalar kerak bo'ladi
- Reklama maqsadi (masalan, obunachi yig'ish yoki sotuv)
- Auditoriya yoshi
- Aloqa telefoni
- Reklama havolasi: to'lov shu havolaga o'tgan noyob tashriflarga qarab hisoblanadi
Hamyon va hisobot
Hamyonda balans va barcha operatsiyalar ko'rinadi. Reklamalarim bo'limida har buyurtmaning holati, tashriflar soni va yechilgan summa bor. Kreator rad etgan yoki bekor qilingan buyurtmalar uchun pul qaytadi.
Ko'p so'raladigan savollar
Hisobni qanday to'ldiraman?
Hozircha hisobni administrator to'ldiradi. Click, Payme va Uzcard/Humo orqali avtomatik to'lov tez orada ulanadi.
Reklamani bekor qilsam pul qaytadimi?
Kreator qabul qilmagan (kutilayotgan) buyurtmani o'zingiz bekor qilasiz, pul qaytadi. Keyingi bosqichlarda bekor qilishni administrator bajaradi.

AdShare