AdShare

Telegram reklama

Telegram kanallarda reklama: to'lov natijaga qarab

AdShare'da tasdiqlangan Telegram kanallarni katalogdan tanlaysiz, reklamani bot kelishilgan vaqtda joylaydi, siz esa faqat reklama havolasi orqali kelgan noyob tashriflar uchun to'laysiz.

Telegram'da reklama qanday ishlaydi

  1. 01

    Format va g'oya

    Telegram'ni va formatni tanlang, reklama matnini o'zingiz yozing yoki g'oyadan AI ssenariy yozdirib oling.

  2. 02

    Kanallarni tanlang

    Katalogdan obunachi soni, o'rtacha qamrov, kategoriya va narx bo'yicha tasdiqlangan kanallarni solishtiring.

  3. 03

    Byudjetni band qiling

    Tanlangan narx — sizning maksimal byudjetingiz. U 72 soat escrow'da turadi, ishlatilmagan qismi avtomatik qaytadi.

  4. 04

    Bot reklamani joylaydi

    Kreator buyurtmani qabul qilgach, bot reklamani rejalashtirilgan vaqtda kanalga chiqaradi, qadaydi va vaqti kelganda o'chiradi.

Telegram reklama formatlari

Hozir ikkita post formati mavjud. Raqamlar kanal lentasidagi ko'rinish vaqtini bildiradi.

  • 1/24 post: 1 soat kanal tepasida qadalgan, 24 soat lentada turadi.
  • 2/48 post: 2 soat kanal tepasida qadalgan, 48 soat lentada turadi.
  • Matn, rasm yoki video bilan; havola va aloqa ma'lumotlari reklamaga qo'shiladi.

Natija qanday o'lchanadi

Har buyurtma uchun alohida kuzatuv havolasi yaratiladi. Reklamadagi havolaga o'tgan har bir odam faqat bir marta, noyob tashrif sifatida hisoblanadi: botlar filtrlanadi, takroriy kirishlar sanalmaydi.

To'lov noyob tashriflar soni va 1 000 so'm (1 tashrif narxi) ko'paytmasiga teng, lekin tanlangan byudjetdan oshmaydi. Tashrif bo'lmasa, byudjet to'liq qaytariladi.

Kimlar uchun mos

  • Onlayn do'kon va brendlar: savdo va obunachi yig'ish uchun
  • Xizmat va ta'lim markazlari: murojaatlar uchun
  • Tadbir va aksiyalar: qisqa muddatda auditoriya yig'ish uchun

Ko'p so'raladigan savollar

Telegram kanalga reklama berish qancha turadi?

Narxni har bir kreator o'zi belgilaydi, katalogda ko'rinadi. U sizning maksimal byudjetingiz: yakuniy to'lov noyob tashriflarga qarab hisoblanadi (hozirda 1 tashrif — 1 000 so'm), ishlatilmagan qism qaytadi.

Reklamani kim joylaydi?

Telegram'da AdShare boti: kreator buyurtmani qabul qilgach, post belgilangan vaqtda o'zi chiqadi, qadaladi va vaqti kelganda o'chiriladi.

Tashrifni qanday ishonchli hisoblaysiz?

Har buyurtmada alohida havola, bot filtri va imzolangan cookie ishlatiladi. Takroriy kirishlar noyob tashrif sifatida sanalmaydi.

Telegram'da reklamani boshlang

Telegram orqali bir daqiqada kiring va birinchi kanalni tanlang.

Reklama berish