Instagram reklama
Instagram'da kreatorlar orqali reklama
Reels yoki feed formatida reklama buyurtma bering. Kreator materialni o'z sahifasida joylaydi, to'lov esa platformada xavfsiz saqlanadi.
Instagram formatlari
- Reels: qisqa vertikal video. Videoni siz tayyorlaysiz, AI faqat ssenariy yozishga yordam beradi.
- Feed: rasm yoki video post, matn bilan.
Jarayon
- 01
Buyurtma
Platforma sifatida Instagram'ni va formatni tanlang, materialni yuklang (Reels uchun video majburiy).
- 02
Kreator qabul qiladi
Katalogdan tanlangan kreator buyurtmani qabul qiladi yoki rad etadi. Rad etsa, pul sizga qaytadi.
- 03
Joylash
Kreator reklamani kelishilgan vaqtda sahifasida joylaydi va platformada nashr qilinganini belgilaydi.
- 04
Hisob-kitob
Natija reklama havolasiga o'tgan noyob tashriflar bilan o'lchanadi. Kreatorga to'langan summaning 85% o'tadi.
Muhim: Instagram ma'lumotlari
Instagram sahifalarining obunachi soni va qamrovi hozircha kreator tomonidan kiritiladi va moderator tekshiradi. Telegram'dagi kabi avtomatik statistika Instagram uchun hali yo'q.
Ko'p so'raladigan savollar
Reels uchun video kerakmi?
Ha. Reels uchun tayyor video yoki rasm yuklash majburiy. AI faqat ssenariy yozadi, videoni siz tayyorlaysiz.
Instagram reklamani avtomatik joylaysizlarmi?
Yo'q. Instagram'da reklamani kreatorning o'zi joylaydi. Telegram'da esa bot avtomatik joylaydi.

AdShare